Qanday qilib barcha ishlarni oxirigacha yetkazish mumkin?


Nega biz yengilamiz?

Umidsizlik va qat’iylikning yetishmovchiligi – til o’rganish, musiqa asbobini chalish yoki bosh oshpazlik mahoratlarini o’zlashtirish kabi turli xil ishlarda muvaffaqqiyatga yetolmasligimizning bosh sabablaridir.

Nima uchun yengilishimizning 4ta sababi bor:

1 – Barcha vazifalarni qilishga ulgurmaymiz;

2 – Qiziqishimizni tezda so’ndiramiz yoki qo’rqamiz;

3 – Ishga jiddiy yondashmaymiz;

4 –Moliyaviy imkoniyatimizdan tashqariga chiqib ketamiz.


Keling, qat’iyatliroq bo’lamiz, bu vaziyatlarda qanday qilib o’zingizni sobit tutishingiz mumkin?

Ushbu to’siqlarni yengib o’tish uchun oltita ajoyib usullar mavjud. Ular sizga qat’iyatliroq bo’lish uchun va maqsadga yetishishda yordam beradi.

1 – Oldingizga katta maqsad qo’ying

Yuqori cho‘qqilarni zabt etgan kishi tog‘ etagida turgan odamga o‘xshamaydi. Maqsadni qo‘yishgina kifoya emas. Katta yutuqlarni ko’zlashimiz kerak.

Shunchaki maqsadni olib, uni o’z oldingizga qo’yish mumkin emas. “Osmondan olingan" narsa qog’ozdan yasalgan uy kabi yiqilib tushadi.

Maqsad qanchalik jiddiy bo’lsa, unga erishishda shu qadar ko’p o’zingizga ishonasiz va qat’iyatli bo’lasiz. Biz boshqalar - ya’ni oilamiz, do’stlarimiz yoki mijozlarimiz oldida javobgar bo’lgan holatimizda qati’y harakat qilishga tayyor bo’lamiz.

Psixologiyada tashqi omillarga bog’liq bo’lgan vaqtidagi fikrlash tarzi “ antilopa psixologiyasi" deyiladi. Antilopa uning orqasidan quvayotgan sherdan birozgina tez yuguradi. Sher to’xtaganida esa antilopa ham sekinlashadi.

Katta maqsad ichki motivatsiyani yaratadi va miyani “antilopa tabiati"dan “sher tabiati"ga o’tkazadi. Demak, javobgarlikdan antilopadek qochishdan ko’ra maqsadlarni sherdek quvish bizni ko’zlangan maqsadga tezroq olib boradi.

Tilni “hamma ingliz tilini bilgani" uchun emas, xorijiy oliygohga o’qishga kirish uchun o’rganing.

Professional bo’ling - pul topish uchungina emas, balki oilangiz va do’stlaringizni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash uchun ham.

Taom tayyorlashni do’stlaringizni hayron qoldirish, mazali oziqlanish va uzoq yashash uchun o’rganing.

Egotsentrik maqsadlaringizni yaqinlaringiz va atrofdagilarga foydali bo’ladigan keng miqyosli loyihalarga o’zgartiring.

O’zingizdan ko’ra muhimroq bo’lgan biron nima toping - Daniel Dennett filosof

2 – Bularni allaqachon qilib bo’lgan odamlar bilan suhbatlashing

Ularning suhbati sabab qat’iylik sizda ham paydo bo’ladi. Barcha narsaning imkoni borligiga ishonish kerak. Eng yaxshi usul – bu siz tanlagan yo’lda natijalarga erishgan kishilar bilan muloqot qilishdir.

Xorijiy tilni o’rganishga kechikdim deb o’ylaysizmi? Dunyoda bo’sh vaqti bo’lmagan va yoshlik paytidagiday kuch-quvvatga to’la bo’lmagan 50 yoshli tadbirkorlar juda ham ko’p, ammo ular xorijiy tilda gaplashishni o’rganishadi.

Ozish va chiroyli qomatga ega bo’lishga ko’p narsalar halaqit beradi deb o’ylaysizmi? Yiliga 20 kg.ga ozadigan ortiqcha vaznga ega kishilar haqida nima deysiz?

Rodjer Bannister va uning rekord darajali yugurishi haqida o’ylab ko’ring. 1954-yilga qadar bir yarim kilometrni to’rt daqiqadan kam bo’lgan muddatda yugurib o’tish mumkinligi haqida hech kim o’ylamagan ham. Bor-yo’g’i bir yildan keyin rekord takrorlangan. Bu shu qadar odatiy holga aylanib qoldiki, shu vaqtga qadar 20000 dan oshiq kishilar va hatto maktab o’quvchilari ham o’z natijalari bilan maqtana olishmoqda.

Bu o’zingizga ishonishingizning kuchi. Agar bu natijaga kimdir erishib bo’lganini bilsangiz, siz buning imkoni borligiga ishonchingiz komil bo’ladi. Sizda aniq belgilangan maqsadning borligi – bu siz natijaga erisha olishingizning tastig’idir. Maqsadning aniqligi miyada nimaga diqqatni jamlash kerakligi, nimani esa chetga surib qo’yish kerakligini ajratishga yordam beradi.

Natijada e’tibor va kuch kerakli vazifalarga yo’naltiriladi.

Siz bilan hamfikr bo’lgan odamlarni, sizga o’rgata oladigan mutaxassislarni va mas’uliyatli sheriklarni izlang. Bu sizga yolg’iz harakatlanishdan ko’ra, oldinga siljishda yordam beradi.

Tez harakatlanishni istaysizmi – yolg’iz yuring. Uzoqqa borishni xohlaysizmi – kim bilandir harakatlaning.

3 – Harakatlaringizni o’sishga yo’naltiring

Maqsad sari bo’lgan yo’lda bizga to’sqinlik qiladigan narsa – bu bizning “men"imizdir. Atrofdagilarga biron nimani isbotlashga urinishni to’xtatishimiz kerak.

O’zining martabasini ko’rsatishgagina kerak bo’lgan cheklangan fikrga ega odamlardan farqli o’laroq, o’sish fikriga ega bo’lgan kishilar qiyinchiliklardan foyda izlab topishadi va muvaffaqiyatli insonga aylanishadi Omadsizlikni esa rivojlanish katalizatori hamda yangi imkoniyatlar kaliti sifatida bilishadi.

Stenford universiteti tadqiqotchisi hamda “Muvaffaqiyatning yangi psixologiyasi" kitobi muallifi Kerol Dvek (Carol Dweck) 20 yillik tadqiqotidan so’ng o’sishga yo’naltirilgan fikrlash baxtli munosabatlarni o’rnatishga, muvaffaqiyatga erishishga va qiyinchiliklarga qarshi turishga yordam beradi degan xulosaga kelgan.



Djeyms Klirning (James Clear) jadvali esa fe’l-atvorning qanday qilib o’zgarishini illyustratsiyalagan: doimiy va uzoq muddatli o’zgarishlar tashqi atributalar ketidan quvish orqali emas, balki yangi shaxsni yaratish orqali boshlanadi.


Qandaydir bo’lib tuyilish emas, balki xuddi o’shanday bo’lish kerak

Maqolamizning ikkinchi qismini bu yerda o‘qishingiz mumkin.