Python'da dasturlashni 3 oy davomida bepul o‘rganing!


AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi Python’da dasturlash bo‘yicha uch oylik bepul kurslar boshlanishini e’lon qildi, deb yozadi terabayt.uz.

Ushbu kurs kompyuterda dasturlashni va yangi ko‘nikmalarni egallashni istaganlar uchun ajoyib ko‘mak bo‘la oladi. Kurslarga 3 oktyabrda AQShning Toshkent shahridagi elchixonasida start beriladi.

Ushbu kurslarga ariza topshirish uchun nomzodlar:

  • 16 yosh yoki undan katta bo‘lishi
  • Shaxsiy kompyuterdan foydalanish bo‘yicha bazaviy bilim va tajribaga ega bo‘lishi
  • Ingliz tilini o‘rtacha yoki undan yuqori darajada bilishi
  • O‘zining bor qiziqish va shijoatini dasturlashga bag‘ishlay olishi
  • Diqqatli talaba bo‘lishi, ko‘rsatmalarni tinglab tushuna olishi
  • Aytilgan vaqtda va kunlarda kurslarga kelishi lozim.

Barcha nomzodlar kursga ariza topshirish uchun pasportga ega bo‘lishi lozim. Agar ariza topshiruvchi pasportini taqdim qilmasa, bu holda murojaat ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati 11 sentyabr kuni yakunlanadi. Kurs admistratorlari munosib deb topilgan nomzodlar bilan aloqaga chiqadi va ularni suhbatga taklif qiladi.

Kursga arizani be yerda topshirish mumkin.

Agar yana savollar tug‘iladigan bo‘lsa ushbu pochta manziliga mujojaat qilishingiz mumkin:

introtoprogramming@yahoo.com