«INFOLIB 2019» axborot-kutubxona haftaligi doirasida tashkil etilgan RFID texnologiyalari asosidagi avtomatlashtirilgan namunaviy kutubxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining ARM rahbarlari va yetakchi mutaxassislari uchun «ID LOGIC» kompaniyasi bosh direktori Sergey Nikulin (Rossiya) ishtirokida «Axborot-kutubxona muassasalarini kompleks avtomatlashtirish istiqbollari» mavzusida seminar tashkil qilindi hamda kutubxonalar faoliyatini avtomatlashtirish sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ularning imkoniyat darajalari haqida ma’lumotlar berildi.

RFID texnologiyalaridan foydalangan holda axborot xizmatlari samaradorligini oshirishning yangi texnik va dasturiy vositalari taqdimotiga bag‘ishlangan mazkur tadbirda kutubxonalarda RFID tizimlarini joriy qilishning quyidagi imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi:
RFID tizimlarini joriy qilishning imkoniyatlari:
- fondlar bilan operatsiyalarda inson omilining ta’sirini kamaytirish va noto‘g‘ri identifikatsiyalashning oldini olish;
- kutubxona ishining samaradorligini oshirish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish stansiyalarini joriy qilish orqali kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish;
- inventarizatsiya vaqtini qisqartirish;
- kitob fondining saqlanishini ta’minlash;
- kitoblarni fond ichida va undan tashqarida ko‘chirish jarayonini iloji boricha oshkora qilish;
- kutubxona talablariga muvofiq eksponatlarni tezda tashkil qilish va ilmiy va ta’lim resurslariga tezkor kirish orqali ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirish.
Manba: xabar.uz