O‘zbekistonda ilk bor Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda


8–13 noyabr kunlari O‘zbekistonda ilk bor Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bugun, 8 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilarni kutib olish hamda olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.




Mazkur Xalqaro olimpiadada dunyoning 15 dan ortiq davlatidan 100 nafardan ortiq o‘quvchilar qatnashishi kutilmoqda. Ishtirokchi davlatlar orasida qo‘shni mamlakatlar bilan birgalikda Ozarboyjon, Belarusiya, Misr, Malayziya, Rossiya, Tailand, Turkiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar o‘zaro bellashadi. Xalqaro olimpiada 13 noyabrgacha davom etadi.







Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga binoan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab fizika fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga oylik maoshining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan.