OTMga kirish imtihonlarini soddalashtirish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda 2020-yil 1-mayga qadar Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Bu 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Chora-tadbirlar rejasida:

  • tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat maxsus ekspertlar guruhini tashkil etish;
  • umumta’lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini unifikatsiyalashtirib, yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish;
  • tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Manba: xabar.uz