O‘quvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar ro‘yxati kengaytirildi.
Norma’ning yozishicha, umumiy o‘rta ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.
Shu tariqa, maktab o‘quvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda ular imtihonlardan ozod qilinadilar:
• mukovissidoz, aralash shakli, og‘ir turi (kasallik kodi Ye84);
• plevrit (J90-K94);
• nospetsifik yarali kolit (zo‘riqish davri, K51);
• jigar sirrozi (dekompensatsiya davri, K74.6).
Hujjat 6.11.2019 yildan kuchga kirdi.