Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun o'tkazilayotgan test sinovlarining o'n oltinchi kuni haqida ma'lumot


2019-yil 14-avgust 1-smena

Respublika bo‘yicha 5 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.

Test sinovlarida birinchi smenada jami 10 410 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 10 067 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;

- 342 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;

- 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi


2019-yil 14-avgust 2-smena

Respublika bo‘yicha 5 ta hududda 2-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 15:00 da boshlandi.

Test sinovlarida ikkinchi smenada jami 9 519 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 9 310 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;

- 207 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;

- 2 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan hududlar:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

2. Andijon viloyati;

3. Buxoro viloyati;

4. Xorazm viloyati;

5. Samarqand viloyati.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Davlat test markazining rasmiy telegram kanali: @rasmiydtm