Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitgan ta’lim muassasalariga imtiyozlar beriladi


Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 12 ming nafar shaxslarning bandligini ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi" loyihasida belgilangan.

Qayd etilishicha, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi.

Bunda:

  • tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan har bir nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi mumkin bo‘lgan kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda “Bandlik xizmati" axborot tizimiga integratsiya qilish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotning xodimga ish haqi hisoblangani va daromad solig‘i to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda yagona milliy mehnat tizimidagi mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • 12 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun kasbiy ta’lim muassasalariga imtiyozlar berish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritiladi.