Nega hech kim o’zgarishni xohlamaydi?


Ko’pchilik hayotida qandaydir muommolar uchrab turadi. Masalan, topayotgan puli, ishlayotgan joyi, ishxonadagi xamkasblar qoniqtirmasligi mumkin. Lekin bunday holda ko’pchilik buning uchun kerakli harakatlarni bajarish o’rniga doim ishlaridan norozi bo’lib va nolib yuraverishadi. Masalan, ishni o’zgartirish, o’zini ustida ishlab yuqori lavozimlarga harakat qilish va shunga o’xshash o’zgarishlar qilishni xohlashmaydi. Yoki sog’lig’i yomon ahvolda bo’lgan kishi  sog’lig’ini yahshilash uchun hech narsa qilmaydi. Yani to’g’ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, kun tartibini o’zgartirish o’rniga meni davolanglar deb shifokorga o’z tanalarini topshirib qo’yishadi. Yoki yaqinlar, tanish bilishlar bilan munosabati yomon inson, buni sababini aniqlash, munosabatlarni yahshilash o’rniga, ayibni birovga to’nkashni yoki dunyoda yahshi insonlar qolmayotgani haqida olamga jar solishni avzal ko’rishadi. Ko’pchilik o’zini o’zgartirishni juda yomon ko’radi. Nega shunday?

Inson – bu biorobort

Chunki, inson hatti-harakatlarini ong emas, quyi ongga o’rnashib qolgan “Odatiy hatti-harakatlar modeli" deb ataluvchi dasturlar to’plami boshqaradi. Bu dasturlar to’plami insonlarni yaratgan zod tamonidan, bizlar kamroq o’ylashimiz uchun ko’zlangan. Chunki ko’p o’ylaganda ko’p quvvat ketadi.  Shu maqsadda inson quyi ongi standart ko’rinishdagi odatiy hatti-harakatlar modelini yaratadi. Inson hayoti davomida har bir hayotiy vaziyat uchun ong ostida alohida odatiy hatti harakat modeli yuzaga keladi. Masalan, haydovchilarni misol keltiradigan bo’lsak, ularning quyi ongida avtomobil haydash modeli yoki oddiyroq qilib aytadiganda avtomobil haydash odati  mavud bo’ladi. Avtomobil boshqaruvi vaqtida ularning onglari emas, ong ostidagi mana shunday odatiy dasturlar ishlaydi. Bu vaqtda ong resursi hayol surish, musiqa eshitish yoki avtombildagi yo’lovchilar bilan gaplashish uchun sarflanadi. Faqat noodatiy vaziyat yuzaga kelganda, masalan, yo’lda tirbandlik, avtomobil halokati yoki yo’l yopiq bo’lganda ong avtomobil boshqaruvini o’z zimmasiga oladi. Haydovchilarda shunday vaziyatlar bo’lib turadiki, masalan, yo’lda to’xtab, dorixona yoki do’konga kirib o’tishni maqsad qilishadiyu, lekin, hayol bilan o’tib ketgandan keyin esga keladi. Chunki, avtomobil haydash dasturida do’konga kirish hisobga olinmagan. Agar u inson har kuni yo’lda ko’konga kirib, o’tadigan odati bo’lganda edi, esidan chiqmasdi. Chunki ong ostidagi dasturga do’konga kirish degan buyruq yozilgan bo’lgani uchun, u ongni o’z vaqtda bu haqda ogohlantirar va ong yoqilishiga sabab bo’lar edi. Bunday dasturlar quyi ongni “Tayyor yechimlar" deb ataluvchi bo’limida saqlanadi. Haydovchilarda esa, bir joydan ikkinchi joyga borish uchun bajarish kerak bo’lgan harakatlar to’plami yozilgan bo’ladi. Masalan qayerda qayrilish, qayerda to’xtash va hokozo. Bunday holda do’konga kirishni esdan chiqarmaslik uchun, ongni doim yoqiq holda saqlab, do’konga kirishni esda tutib turish lozim bo’ladi. Bu bitta misol halos. Lekin, insonni hayotidagi har bir hatti harakat uchun mana shunday dasturlar to’plami bo’ladi.

Buni yomon tamoni nimada?

Inson hayoti davomida ko’pgina odatlar shakillangan bo’ladi. Inson hayotidagi ko’p ishlarni ong orqali emas, ong ostidagi mana shunday dasturlar orqali bajaradi. Masalan, agar sizni har kungi ishingiz bir hilda bo’lsa, bu ishni bajarish uchun dastur borligi aniq. Agar ishingiz ijodiy ish yoki har kuni o’zgarib turuvchi ish bo’lsa, bunday vaziyatlarda ko’proq ong ishlaydi. Ovqatlanish modeli, ovqat tayyorlash modeli, televizor ko’rish modeli, uyni yeg’ishtirish modeli va boshqalarni shunga misol keltirish mumkin. Buni yomon tamoni nimada? Yamoni tamoni shundan iboratki, misol uchun hayotingizdagi nimadir sizni qoniqtirmayapti deylik. Buning uchun nimadir qilish kerakligini bilasiz. Lekin qilmaysiz. Chunki, hayotda o’zgarish qilish uchun yangi narsa qilish kerak. Yangi ish qilish uchun esa, miyyadagi bu dasturlar yo’l bermaydi. Buning uchun miyyadagi bu dasturni o’chirib o’rniga boshqa dastur o’rnatish lozim bo’ladi. “Sir" nomli filmni ko’rgan yoki kitobini o’qigan insonlarni ko’pchiligi menga bitta savolni berishadi. Yani, nimaga u yerda aytilganlarni bajarganim bilan hayotimda o’zgarish yo’q? Chunki insonda biror ozru – maqsadi uchun halaqit beruvchi dasturlar va ruhiy to’siqlar bo’lganda u maqsadni amalga oshishi juda qiyin kechadi. Aslida inson niyatlari juda qisqa vaqt ichida amalga oshadigan qobilyat bilan yaratilgan. Lekin ruhiyatdagi keraksiz dasturlar bu niyatlarni amalga oshishiga halaqit beradi. Agar 2 yil yoki undan ortiq vaqtdan beri biror maqsad yo’lida tinmay harakat qilishingizga qaramay, u orzu-maqsad amalga oshmayotgan bo’lsa, 100% ishonch bilan aytishim mumkinki sizda aniq buning uchun ruhiy to’siqlar mavjud. Bunday ruhiy to’siqlarni bartaraf etib, orzularingizni qisqa muddatda amalga oshirish yo’llari dilshod-hakimov.uz/yangi-hayot sahifasida o’rgatilgan.

Manba: azamat.uz