Menejment bo‘yicha xalqaro diplom beradigan yurtimizdagi yagona dastur ish boshladi


O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida Toshkent davlat stomatologiya instituti va Qozog‘iston Respublikasining yetakchi universitetlari o‘rtasida qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xususan, M. Ospanov nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston davlat universiteti bilan talabalar va o‘qituvchilarning akademik harakatchanlik dasturlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Semey Tibbiyot Universitetining NAO bilan yosh mutaxassislar va doktorantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida malaka oshirishlari to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

ToshGSI bazasida Sog‘liqni saqlash oliy maktabining Qozoq tibbiyot universitetining filiali tashkil etilgan. Imzolangan memorandum doirasida magistratura mutaxassisliklari ikki darajali «Jamoat salomatligi» dasturi bo‘yicha tashkil etiladi. Bitiruvchilar ikkita diplomga qo‘shimcha ravishda, MBA diplomiga ega bo‘ladilar. Bu menejment bo‘yicha xalqaro diplom beradigan O‘zbekiston Respublikasidagi yagona dasturdir.

Qozog‘iston universitetlari bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash bizga har ikki tomonning yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash darajasini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.

Manba: xabar.uz