Majburiy blokdagi matematika fani tarkibida geometriyadan savollar bo‘ladimi?


Bu haqda abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mana shu savolga DTM vakillari javobi quyidagicha:

“Matematika fanini geometriyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Matematika (majburiy) fanidan test topshiriqlari geometriya fanining davlat taʼlim standarti va o‘quv dasturida (7-11-sinflar uchun) berilgan mavzulardan shakllantirilmaydi. Lekin matematika fani davlat taʼlim standarti va o‘quv dasturida (5-6-sinflar uchun) berilgan geometrik materiallardan foydalaniladi va test topshiriqlari shakllantiriladi".

Xulosa: demak, majburiy blokdagi matematika fanida 7-11-sinflar o‘tiladigan geometriya fanidan savollar bo‘lmaydi. Lekin matematikadan 5-6-sinf darsliklarida keltirilgan geometriyaga oid mavzulardan savol bo‘ladi.

Matematika (majburiy) fani tarkibidagi test topshiriqlari qaysi bo‘limlardan shakllantirilishi va bo‘limlarga mos namunaviy test topshiriqlari bilan quyida tanishishingiz mumkin: