Davlat qabul komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (shu kuni ham) etib belgilandi.
Shuningdek, kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarga, istisno tariqasida, imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.