Keyingi o'quv yilida AKFA universitetida yangi yo'nalishlar ochiladi. Grantlar soni keskin oshiriladi


Toshkentdagi Akfa xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Akfa xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori va Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Akfa Medline" MCHJ tashabbusi asosida 2019 yilda tashkil etilgan. Akfa Universiteti Vazirlar mahkamasining 130-qaroriga asosan 2019-yilning 15- martida o’z faoliyatini boshladi. 2019/2020 o’quv yili uchun 917 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ulardan 152 nafar talaba jumladan,

  • Grant asosida - 82 nafar
  • Shartnoma asosida - 50 nafar
  • Janubiy Koreyadan - 20 nafar talaba o’qishga qabul qilindi.

Universitetga kimlar hujjat topshira oladi:

mahalliy yoki xorijiy litsey, kollej yoki o‘rta ta‘lim maktabi bitiruvchilari;
Ingliz tilini bilish darajasiga ega talabgorlar;

Ingliz tilini bilish minimum talablari: IELTS (5.5), IELTS INDICATOR (5.5) yoki TOEFL (55) sertifikatlari;

Universitetning 2020/2021 o‘quv yilida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha umumiy hisobda 100 ta kvota ajratilgan bo‘lib, shundan 58 ta o‘rin to‘liq kontrakt hisobida ta‘lim olishsa, 42 ta o‘rin har bir semestrda taqdim etiladigan scholarship asosida ta‘lim oladi.

Scholarship jadvali:

  • 2 ta o‘rin (100%)
  • 2 ta o‘rin (75%)
  • 3 ta o‘rin (50%)
  • 15 ta o‘rin (20%)
  • 20 ta o‘rin (10%)

Universitetga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolardan maktab yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasini tamomlaganligi haqidagi hujjati hamda IELTS yoki TOEFL sertifikatlari talab qilinadi. Shuningdek, hujjat topshiruvchi abituriyent kirish imtihonlarida kimyo, biologiya va matematika fanidan 20 ta savolli test topshirishlari kerak bo‘ladi.

2020/2021 o‘quv yili bo‘yicha qabul jarayonlari, imtihon shakllari, kontrakt narxlari, qaysi fanlardan imtihonlar bo‘lishi haqida BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot.
AKFA universitetiga qabul online shaklda bo‘lib o‘tadi. Barcha hujjatlar universitetning rasmiy ariza berish tizimi orqali onlayn ravishda topshiriladi! ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Universitetda xorijdan kelgan malakali professor-o‘qituvchilar dars beradi. O‘quv jarayonlarining barchasi ingliz tilida olib boriladi. Akfa universitetida ta’lim 6 yil muddatni tashkil etadi. Bu jarayon 2 yillik tibbiy tayyorlov kurslari va 4 yillik tibbiy kurs dasturlarni o‘z ichiga olgan.

Akfa universiteti Janubiy Koreyaning Gachon universiteti bilan hamkorlikda uning andozasida tashkil etilgan.


2021/2022 o‘quv yilida Universitet Koreya Respublikasining “Gachon Universiteti", “Seul milliy Universiteti" hamda Yaponiya davlatining “Nagoya universiteti“ bilan hamkorlikda farmatsevtika, professional hamshiralikka tayyorlash, radiologiya, stomatologiya bo‘yicha yangi ta'lim yo‘nalishlarini tashkil etishni maqsad qilingan.

Prezidentning 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4145-son qaroriga muvofiq universitet negizida Germaniya Federativ Respublikasining yuqori reytingga ega bo‘lgan Bremen universiteti (Universitat Bremen), Vestfal aniq fanlar universiteti (Westfälischen Hochschule), “Shtaynbays" nomidagi Berlin universitetlari (Steinbeis Hochschule Berlin, SHB) bilan texnik yo‘nalishdagi fakultetlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Akfa universitetiga tasischilar tomonidan kelajakdagi loyihalar uchun 83 million AQSh dollari investetsiya ajratilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu investitsiya universitetda fakultetlar hamda talabalar sonini yangi ta'lim yo‘nalishlarini ochish orqali oshirish, zamonaviy o‘qish va o‘qitish tizimi, o‘quv-amaliyot binolari, kampuslar, sport inshootlari, laboratoriyalar va yordam binolarni hamda tibbiyot yo‘nalishida ta'lim olayotgan talabalar o‘quv-amaliyotlarini o‘tishi uchun zamonaviy tibbiyot kompleksini qurishni o‘z ichiga oladi.

AKFA Universiteti 2020-yilda Xalqaro tibbiyot talabalari federatsiyasiga a’zo bo’ldi. Keyingi yillarda universitetda dunyoning barcha mintaqalaridan xalqaro talabalar salmog‘ini ko‘paytirishni reja qilib olgan.

Universitet haqida batafsil ma'lumot https://akfauniversity.org/ rasmiy saytidan olish mumkin.

Qabul jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa: + 998 71 200 01 23

Akfa universiteti rektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish: @bekhzoddjalilov

Universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: t.me/akfauniversity

Facebook: fb.com/akfauniversity

Instagram: @akfauniversity

Youtube: bit.ly/2xoEsUT