JORIY YILDAN BOSHLAB TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG‘ONA FILIALIGA TALABALAR QABUL QILINADI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2018-1019 o‘quv yilida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qabul kvotalarni tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq joriy yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga “Tibbiy-profilaktika ishlari" yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinadi. Yangi o‘quv yilida 100 nafar bakalavr, shu jumladan 10 nafari grant asosida qabul qilinadi.