2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul bo‘yicha vazirlikning my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan.
Shuni inobatga olib rad etilgan arizalarni 14—15-avgust kunlari tahrirlash imkoniyati beriladi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.