ITEC (The Indian Technical and Economic Cooperation) – Hindiston Mahkamasi tomonidan 1964 yilda Hindiston hukumati uchun ikki tomonlama yordam dasturi sifatida ishlab chiqilgan.
ITEC nima?
ITEC “har ikki tomon uchun nafaqat umumiy qabul qilingan meʼyorlar va ideallar, balki mustahkam iqtisodiyot asosiga qurilgan oʻzaro bogʻliqlikni oʻrnatish zarurati" mavjudligi uchun vujudga kelgan. Dastur Hindiston hukumati tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi hamda dunyoning 161 mamlakati bilan milliy rivojlanish maqsadida amalga oshiriladi.
Stipendiya bormi?
ITEC dasturi ishtirokchining oʻqishi davomida barcha yashash harajatlarini toʻliq qoplaydi hamda oyiga 25 ming rupiy (342.25 dollar) stipendiya va oʻquv qurollari sotib olishga 5 ming rupiy (68.45), shuningdek, Oʻzbekistondan Hindistongacha samolyot chiptasi sarflari uchun mablagʻ bilan taʼminlaydi. Kurslarda oʻqish mobaynida butun Hindiston boʻylab sayohatlar koʻzda tutilgan.
ITEC haqida qisqacha
Til – ingliz tili;
Imtihon dasturiga hujjat topshirish haqida – batafsil SHU YERDA:
Tashkilotchi – Ministry of External Affairs of India;
Rasmiy sayt – https://www.itecgoi.in;
Nechta davlatda oʻtkaziladi – 161 dan ortiq;
Muddat: Yilda ikki marta – taxminan yozda va kuzning oxiri yoxud qishda. ITEC dasturlariga hujjat topshirish dasturga qarab farq qiladi. Shu sababli har bir dasturning hujjat topshirish muhlatini alohida ko’rib olish kerak bo’ladi (quyiroqda dasturlar va ularga havolalar berilgan. Tanishib chiqish mumkin).
Oʻzbekistonda hujjat topshirish – Hujjatlar Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasiga topshiriladi. Elchixona sayti: https://eoi.gov.in/tashkent/; Masʼul shaxs: Kuldeep Kumar; Email: itec.tashkent@mea.gov.in; Telefon: (+998 71)140 09 97, (+998 71)140 09 83.
Qanday hujjat va qay tartibda?
- Dastlab arizaning elektron shakli toʻldiriladi (qaysi yoʻnalish yoki institutga hujjat topshirish haqidagi maʼlumot SHU YERDA) va mamlakatdagi hukumat departamentiga joʻnatiladi: SHU YERDA;
- Hukumat departamenti arizani oʻz navbatida Hindiston elchixonasiga yuboradi;
- Nomzodlar arizaning qogʻoz shaklini quyidagi hujjatlar bilan Hindiston elchixonasiga topshirishlari lozim:
- Tavsiyanoma (asl nusxasi);
- Nomzodning mehnat daftarchasi nusxasi;
- Pasport nusxasi;
- Diplom, sertifikat (akademik darajasi tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi;
Kimlar uchun?
Davlat tasarrufidagi va qisman davlat tasarrufida boʻlgan tashkilotlarda faoliyat yurituvchi shaxslar, shuningdek, hukumat, savdo-sanoat palatasi va oliygohlar tomonidan tavsiya etilgan va nodavlat muassasalarda ishlaydiganlar uchun.
Nomzodlarga qanday talablar qoʻyiladi?
- Belgilangan kursga mos keluvchi akademik talablarga javob berishi;
- Ingliz tilini bilishi;
- 25 dan 45 yoshgacha boʻlishi;
- Kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
- Tibbiy jihatdan oʻqishga yaroqli boʻlishi kerak.
Muhim!
- Ariza Hindiston elchixonasiga kurs boshlanmasidan kamida 3 oy oldin kelib tushishi kerak;
- Tanlovdan keyin Hindiston elchixonasi nomzodni bu haqida ogohlantiradi;
- Tanlab olingan nomzodlar elchixona sayti orqali Hindistonda yashash va oʻqish talablari haqida toʻliq tanishishlari lozim;
- Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish faqatgina Hindiston Tashqi Ishlar vazirligi vakolatida boʻladi;
- Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Hindiston elchixonasining tashkentmea.gov.in manziliga murojaat qiling.
Qanday kurslarda oʻqish mumkin va muddati qancha?
ITEC dasturi 300 dan ortiq qisqa, oʻrta va uzoq muddatli kurslarda oʻqishni taklif etadi. Quyida ulardan ayrimlari keltirilgan:
- Bank ishi, sugʻurta, moliya, buxgalteriya va audit;
- Qishloq hoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va oʻgʻitlar;
- Ingliz tili;
- Sunʼiy intellyekt;
- Kiber texnologiyalar;
- Taʼlim;
- Injenerlik va texnologiya;
- Atrof-muhit va ekologiya;
- Davlat boshqaruvi;
- Salomatlik va yoga;
- Inson resurslarini boshqarish va rejalashtirish;
- Irrigatsiya va suv resurslari;
- IT va biznes ingliz tili kabi kurslar mavjud.
*2018-2019 yil uchun ochiq boʻlgan barcha kurslar haqida toʻliq maʼlumot SHU YERDA.
*Oʻqish muddati, qoʻyiladigan talablar, kurslar haqida toʻliq maʼlumot bilan tashkilotchining rasmiy saytida yuyerilgan qoʻllanmada tanishiningiz mumkin. Qoʻllanmani SHU YERDA yuklab oling.
Manba: grantlar.uz