Gulistonda 3+3 dasturi asosida turk tibbiyot oliygohi filiali ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sirdaryo viloyatida "Guliston tibbiyot klasteri" hamda xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qaroriga ko‘ra, Gulistonda tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohi tashkil etilishi, unda Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti filialini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan edi, deb хаbаr qildi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur filial taʼlim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, filialda bakalavriat taʼlim yo‘nalishida o‘qitish jarayoni 3+3 (3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada) tashkil etiladi, bunda 30 foiz talabalar universitet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan grantlar asosida o‘qitiladi.

Nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadigan ushbu filialda o‘qitish kunduzgi taʼlim shaklida, davlat va ingliz tillarida amalga oshiriladi.