Genri Ford: Ko‘pchilik bardosh qilish o‘rniga voz kechib qo‘ya qoladi


Genri Ford — afsonaviy inson va hech shubhasizki, XX asrning eng iqtidorli biznesmeni. Uning bir-biridan ilg‘or g‘oyalari nafaqat o‘z raqiblarini changda qoldirdi, shu bilan birga har bir xonadon sohibining dilida avtomobil xarid qilish orzusini uyg‘ota oldi. Uning hayotiy qonun-qoidalari umrning oltin qoidalari misol barhayotdir. Quyida Genri Fordning eng sara hayotiy nuqtai nazarlarini diqqatingizga havola qilamiz.

 — Muvaffaqiyatli insonlar boshqalar behuda sarflayotgan vaqtdan foydalanib olg‘a boradilar.

— Pulni tejash yoki jamg‘arishni o‘rganish tuturiqsiz odat. Yaxshisi bolaga pulni tejash emas, to‘g‘ri xarajat qilish sirlarini o‘rgatish kerak. Yoshlarda saqlab qo‘yish emas, sarf qilmoq kayfiyatini uyg‘otish maqsadga muvofiq.

— Pulga ochlik qancha yuqori bo‘lsa, unga yetish imkoni shu qadar pasayib boradi. Ammo agar jamoatchilikning fikri bilan hisoblashib, to‘g‘ri yo‘lda ekaningni anglab, bundan zavqlanib ishlasang, pulni o‘zi seni izlab keladi.

— Pulning bo‘lishi rad etib bo‘lmas zarurat. Ammo unutmaslik lozimki, odamlarga xizmat ko‘rsatish vositalarini ko‘paytirishni emas, pulni maqsad qilib boshlangan ish – bekorchilikdir. Men bekorchilikda yashalgan umrdan-da jirkanchliroq boshqa biror nima yo‘q deb hisoblayman. Oramizdagi hech bir inson bekor yashash huquqiga ega emas. Taraqqiyot jarayonida tekinxo‘r, bekorchixo‘jalarga o‘rin yo‘q.

— Ko‘p insonlar bardosh qilish o‘rniga voz kechib qo‘ya qoladilar.

— Odamda har doim ikki xil sabab bo‘ladi. Birinchisi haqiqiy sabab, ikkinchisi esa chiroyli eshitiladigan sabab.

— Kichik bo‘laklarga bo‘lib bajarilgan har qanday ish notugal bo‘lib ko‘rinmaydi.

— Butun jahon senga qarshi chog‘langan paytda ham samolyot shamolga qarshi uchib samoga ko‘tarilishini yodingda saqla.

— Olamdagi eng mashaqqatli ish – o‘z shaxsiy boshingdan idrok qilish uchun foydalanish bo‘lsa kerak. Ehtimol, shu sabab ham kamdan-kam inson bu ish bilan shug‘ullanadi.

— Agar 4 dollar pulim qolgan bo‘lganida, men uning 3 dollarini reklamaga sarflar edim.

— Barcha ishni cho‘zib yurgandan uni tugal qilib amalga oshirish osonroq.

— Sifat, bu – hech kim e’tibor bermayotgan mahalda ham muayyan ishni bekami-ko‘st bajarish degani.

 — Mening muvaffaqiyati siri – boshqa bir insonning nuqtayi nazarini anglay olishim, mohiyatga uningdek va uning qarashi bilan yondasha olishimga bog‘liq.

— Kechaning o‘tmish ekanligini tushunmaydigan, har kuni tongda kechadan qolgan g‘oyalarning ini bo‘lgan kalla bilan uyg‘onadigan insonlar hamma joyda topiladi.

— Mag‘lubiyat – bu barchasini yangidan, ammo aql bilan boshlash degani. Modomiki adolatli muvaffaqiyatsizlik ekan, uyalish uchun hech bir asos yo‘q. Ammo yana muqavaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish – chinakam uyat.

Manba: erkak.uz