Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Ummon Sultonligining Atyab International Services kompaniyasi muassisligida Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi Xalqaro instituti ochiladi.
Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida qayd etilgan.
Hujjatga ko‘ra, institutda 2023/2024 o‘quv yilidan quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari tashkil etiladi.
Bakalavr ta’lim yo‘nalishi va kvota:
- Oziq-ovqat texnologiyasi B.tech. (Food technology) – 40;
- Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti – 25.
Magistratura mutaxassisligi va kvota:
- Oziq-ovqat texnologiyasi M.tech. (Food technology) – 15.
Oliygohga Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Movarounnahr ko‘chasi 92-uyda joylashgan Qo‘qon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar texnikumining bino va inshootlari hamda unga tutash hudud operativ boshqaruv huquqi bilan bepul foydalanish uchun beriladi.