Endi bitta dissertatsiyani ikki kishi himoya qilishi mumkin


2020 yilning 1 martidan O‘zbekiston Milliy universiteti bazasida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil berish amaliyoti tajriba tariqasida uch yil muddatga joriy etiladi.

Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tayyorlangan dissertatsiya — o‘rnatilgan tartibda mavzusi tasdiqlanib, nazariy tadqiqotlar va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish jarayoni ikki nafar izlanuvchi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan, tadqiqotning mazmun-mohiyati belgilangan talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida nazariy ilmiy yangiliklari tizimli ravishda asoslangan fan doktori DSc uchun va innovatsion ilmiy yangiliklari amaliyotga maqsadli joriy etilgan PhD uchun qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar hisoblanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda ikkitalik himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil qilish muayyan fan tarmog‘i bo‘yicha bitta dissertatsiya ikki nafar, jumladan, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega talabgor va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan tayyorlanishi mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasning 2020 yil 10 fevraldagi «Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.

Feruza MADRAHIMOVA,
Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi