E’LON! Xalqaro Islom akademiyasida abituriyentlardan hujjat qabul qilishning 1-bosqichi 10 iyulda yakunlanadi


Hurmatli abiturientlar, shoshiling yurtimiz va islom olamida o‘z nufuziga ega bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjatlarni rasmiylashtirish davom etmoqda.

Аbituriyentlar hujjatlarini onlayn tartibda, uydan chiqmasdan turib https://qabul.iiau.uz portali orqali 10 iyul soat 18-00ga qadar kunning istalgan 24 soati davomida ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida"gi 358-son qaroriga ko‘ra akademiyaning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihondan o‘tish tartibi joriy etilgan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qabul jarayoniga kiritilgan dastlabki sinov — Intellektual test shaklida 2020 yilning 11-13 iyul kunlari o‘tkaziladi. Mazkur sinovlar imkon qadar soddalashtirilib, onlayn shaklda tashkil etilmoqda.

Intellektual salohiyatni baholovchi testni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari haqida www iiau.uz akademiya sayti hamda telegramdagi rasmiy kanali orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar 2020 yilning 15-20 iyul kunlari akademiyaga hujjat topshirishning 2-bosqichiga o‘tib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz, uning hududiy bo‘limlari yoki Davlat test markazi sayti orqali o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 4 ta oliy o‘quv yurtiga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyani ham belgilab hujjat topshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, akademiyaning bakalavriatiga joriy yilda 200 nafar talaba qabul qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 25 iyun holatiga ko‘ra 500 nafarga yaqin abiturientdan hujjat kelib tushdi.