DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga qabul e'lon qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga o‘qishga kirish istagini bildirgan joriy yilda umuta'lim maktablarining 9-sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilar 2021 yil 5 sentyabrdan 5 oktyabrgacha Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat (shahar) va tuman bo‘limlariga ariza bilan murojat qilishlari mumkin.

“Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar uchun DXXning xududiy bo‘limlarida harbiy-kasbiy tanlash tadbirlari o‘tkaziladi.

Ushbu sinovlardan muvafaqqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishadi.

Test sinovlari tarix hamda ingliz tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, prezident qaroriga muvofiq «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.