DTM: «Hojatxonaga kirib, «shpargalka»lar bilan chiqayotgan abituriyentlar ham uchrayapti»


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ishtirokida test sinovlari to‘g‘risida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.

Barno Rajabovning ta'kidlashicha, taqiqlangan vositalarni hududga olib kirishga va imtihon vaqtida ishlatishga urinayotganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ancha kam. Ammo abituriyentlar tomonidan bunday holatlarni bajarishga harakat qilayotganlar hamon kuzatilyapti.

«Hojatxonaga kirib, qaytayotgan paytda turli «shpargalka» va telefonlar bilan qo‘lga tushayotgan yoshlar ham afsuski bor. Bunday manzaralarga o‘z vaqtida barham berilyapti va noo‘rin xatti-harakat qilgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnomalar tuzilib, ular darhol jarayondan chetlashtirilyapti», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.