Qabul tugashiga esa 6 kun qoldi. Prognoz bo‘yicha 1 mln 260 ming abituriyentlar hujjat topshirishi kutilayotgan edi
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 540 909 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- O‘zbek tili — 468 462 nafar;
- Rus tili — 57 351 nafar;
- Qoraqalpoq tili — 13 509 nafar;
- Boshqa tillar — 1 587 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- Kunduzgi ta’lim shakli — 357 529 nafar;
- Kechki ta’lim shakli — 13 686 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli — 165 923 nafar;
- Masofaviy ta’lim shakli — 3 771 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- O‘zbekiston milliy universiteti — 21 151 nafar;
- Farg‘ona davlat universiteti — 16 386 nafar;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 16 370 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 16 295 nafar;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 15 913 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:
- Samarqand viloyati — 63 142 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 60 697 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 51 029 nafar;
- Toshkent viloyati — 48 348 nafar;
- Andijon viloyati — 45 371 nafar.