“Cyber university” davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, Universitetning asosiy vazifalari etib kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalarida zamonaviy kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ilmiy-amaliy tadqiqotlar orqali ta’lim hamda innovatsiyalarni rivojlantirish belgilangan.
2025/2026 o‘quv yili uchun “Cyber university” davlat universitetida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt narxlari quyidagicha belgilangan:
Nega “Cyber university”?
-
Zamonaviy ta’lim: Dars jarayonlari ilg‘or xorijiy tajribaga asoslanadi.
-
Amaliy bilim: Talabalar real loyihalarda ishtirok etib, sohaga oid ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
-
Hamkorlik tarmog‘i: Yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar, ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilinadi.
-
Kelajak kasblari: Kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va raqamli huquq yo‘nalishlari eng talab yuqori sohalardan hisoblanadi.
Bu qaror bilan “Cyber university” mamlakatda raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirishga, yoshlarning innovatsion tafakkurini rivojlantirishga va kiberxavfsizlik bo‘yicha yetuk mutaxassislar yetishtirishga xizmat qiladi.