Bryus Li (1940-1973) so‘nggi 100 yillikning eng kuchli va mohir jang san’ati ustasi. U o‘zining qisqa umri davomida boshqalar bir umr qila olmagan ishlarni amalga oshirgan. Uning jang san’ati falsafasi hanuz o‘rganiladi. U jahon kino ekranlarini zabt etgan ilk osiyolik. Quyida Bryus Lining muvaffaqiyatli hayotining qoidalari bilan sizni tanishtiramiz.
1. Taassurot qoldirishga harakat qiling. "Insonlar xotirasida qoladigan hayot mangulikka daxldor". - Bryus Li
Hech bir jang san’atida Bryus Lining 2.5 sm masofadan turib musht bilan bergan mashhur zarbasi kabi ta’sirli zarba mavjud emas. Bryusning fikricha, mahoratingizni namoyish etish asnosida peshqadam bo‘lishga urining. Shunda yodda qolasiz. O‘rtamiyonalik esa fojeadir.
2. O‘z fikringizni ifodalay oling. "Doim aslingizdek bo‘lib, nima xohlayotganingizni tushuning va o‘zingizga ishonch bilan yuring. Tashqaridan, qaysidir muvaffaqiyatli insonning shaxsiyatiga kirib, uning nusxasiga aylanmang". - Bryus Li
Muvaffaqiyatli odamlardan o‘rganish mumkin bo‘lgan jihatlar bordir, ammo ularga taqlid qilish -- o‘zlikdan voz kechish degani. Inson aslicha bo‘lsagina, uni boshqalar bilan bog‘laydigan samimiylikka ega bo‘ladi.
3. Doimo o‘zingizga ishoning. "Gumondor odamzodning uchishiga shubha qilsa, e’tiqodli odam harakat qilib ko‘radi. Va nihoyat, u tong shafaqi bilan samoga ko‘tarilganida, gumondagilar uni yerdan turib tomosha qilishadi".– Bryus Li
Hayotingni shubha-gumonlar chulg‘ab olishiga yo‘l qo‘yma va o‘zingga ishon. Boshqalarga ishonib yashaydigan inson -- eng baxtsiz insondir.
4. Imkoniyatdan foydalaning. "Qobiliyatli jang san’ati ustasi g‘ayrat bilan turmaydi, balki tayyor turadi. Nimanidir o‘ylash yoki orzu qilish unga yot. Nima bo‘lsa, barchasiga tayyor turish kerak. Raqibim kengaysa, men qisqaraman. U qisqarganida men kengayaman. Imkon bo‘lishi bilan esa men emas, mushtim o‘z-o‘zidan zarb beradi". - Bryus Li
Bilim va tajribaga imkoniyat keltiruvchi omil deb qarash kerak. Jasorat insonni o‘z yo‘lini topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
5. Suvga o‘xshang. "Miyangizni har xil xayollardan xoli qiling: u suvdek shaklsiz bo‘lsin. Suvni piyolaga soling -- piyola shakliga kiradi, uni choynakka soling -- u shu idishning shakliga kiradi. Suv oqadi va o‘ziga yo‘l ochadi. Sen ham suvdek bo‘l, mening do‘stim". - Bryus Li
6. Yon bering. "Oilada yon berishga odatlaning. Murosa qilish -- oilaviy hayotning muvaffaqiyatini ta’minlaydi". - Bryus Li
Jang san’ati ustasi turmush o‘rtog‘i bilan to‘qqiz yil — o‘limiga qadar birga yashagan. Turmush o‘rtog‘i janob Lining oilaviy munosabatlarda o‘ta mulohazali bo‘lgani, yosh bo‘lsa ham, vaziyatga donolik bilan yondashishini aytgan.
7. Qo‘rqmang. "Men 10 ming xil mashqni bir vaqtda bajara oladigan odamdan emas, bir mashqni 10 ming marta bajaradigan odamdan qo‘rqaman".- Bryus Li
Mashq -- yetuklikning onasidir. Biror ishga kirishganda uni to‘liq amalga oshirmasdan turib, boshqasiga o‘tish joiz emas. Qaysi ishda bo‘lmasin, mashq qilmaydigan kishi o‘zining yashirin salohiyatidan boxabar bo‘la olmaydi.
Manba: erkak.uz