Britaniya ta’limini tanlash uchun 5 sabab


Xorijiy OTM tanlayotganda nimalarga e’tibor qaratasiz? E’tiboringizga Britaniya ta’limini tanlash uchun beshta sababni keltirmoqchimiz.

1.Ta’lim sifatining yuqoriligi

Britaniya ta’limiga talab kattaligining asosiy sababi – bu uning butun dunyoda tan olinadigan sifatidir. Reytinglar bilan bir qatorda isbot sifatida Angliya OTMlarida tahsil olgan davlat rahbarlari, Nobel mukofoti laureatlari hamda xalqaro arboblarni va biznesmenlarni keltirish mumkin.

2. Ta’lim dasturlari va mutaxassisliklarni tanlash imkonining kengligi

Britaniya OTMlari an’anaviy mutaxassisliklar bilan bir qatorda mehnat bozorida talab bo’lgan yangi mutaxassisliklarni ham joriy etishmoqda. Bundan tashqari, kelajakda talab bo’ladigan kasblar bo’yicha ham dasturlar ishlab chiqishmoqda.

3. Narx, sifat va vaqtning qulayligi

Angliyada bakalavriat dasturi 3 yil, magistratura 1 yil davom etadi – bu esa vaqt va mablag’ni tejashga sezilarli darajada imkon beradi. Shuningdek, stajirovkali o’qishni tanlash imkoni mavjud, bu esa OTMni tugatgunga qadar mutaxassislikni o’zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

4. Talabalarning ko’p millatliligi

Buyuk Britaniyadagi ta’limga talab katta va shuning uchun ham talabalar ko’p millatlidir. O’qish jarayonida siz faqatgina turli madaniyat vakillari bilan tanishibgina qolmay, xalqaro biznes aloqalarni ham o’rnatishingiz mumkin.

5. Mustaqil ishlash

O’qish jarayonini tashkillashtirish mustaqil ishlashga asoslangan, bu esa ajoyib karyera yaratishingizga imkon beradigan ko’nikmalarni rivojlantiradi.

Qanday sabablar sizni xorijga o’qishga ketishga majbur qilishi mumkin? Siz Britaniya ta’limini tanlarmidingiz yoki boshqa mamlakatni ma’qul ko’rasizmi?