Boylik sari 12 qadam


Moliyaviy holatingizni yaxshilash uchun barcha boy odamlarga tanish bo’lgan oddiy qoidalarni bilib olishingiz hamda pulni to’g’ri sarflashni o’rganishingiz zarur.

1. Mavjud mablag’ingizga qarab ish tuting

Ishlab topganingizdan ortiq sarflamang. Ko’pchilik shu narsani olsam baxtli bo’laman deb o’ylagan holda, keraksiz narsalarni xarid qilib katta qarzga kirib ketishadi. Biron nimaga pul sarflashdan oldin, o’z imkoniyatlaringizni hisobga oling.

2. Daromadingizning 20 foizini olib qo’ying

“Avval o’zingga to’la" qoidasi haqiqatda ham samarali. Yig’ib qo’yilgan pullar, sizni favqulodda vaziyatlarda qutqaradi. Bundan tashqari, agar siz pul yig’sangiz, hayotda uchrab qoladigan kutilmagan ammo yoqimli bo’lgan imkoniyatlarni rad etishga majbur bo’lmaysiz.

3. Barcha xarajatlaringizni yozib qo’ying

Keraksiz mayda xarajatlardan ehtiyot bo’ling, axir toma-toma ko’l bo’lur deyishadi-ku.

Xarajatlar ro’yxati sizga katta mablag’ nimalarga sarflanayotganini ko’rsatib beradi. Shunda siz keraksiz xarajatlardan qochishingiz mumkin bo’ladi.

4. Jiddiy zaruratsiz kredit olmang

Daromadingizning katta qismini allaqachon sarflab yuborgan mablag’ning foizini to’lashga sarflasangiz, siz hech qachon boy bo’la olmaysiz.

5. Pulni o’z uyingiz uchun ishlating

Ijaraga turganda siz boshqa bir insonni ta’minlaysiz. Ko’p hollarda uy ijarasiga to’lanadigan mablag’ ipoteka miqdoriga teng bo’ladi. Shaxsiy uy sotib olishning barcha turlarini tahlil qilib ko’ring. Hatto imkoniyatlaringiz chegaralangan bo’lsa ham, qadamma-qadam harakatlar rejasini tuzib chiqing. Albatta, rejani amalga oshirish ancha vaqtni talab qilishi mumkin. Ammo, agar odamda u erishishni orzu qilayotgan maqsad bo’lsa, u har qanday qiyinchilikni yengib o’ta oladi.

6. Zararli odatlarni tashlang

Bunday odatlar sizni pastga tortib, oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga erishishga halaqit beradi. Ishlarni keyinga qoldirish yoki erinchoqlik kabi odatlar sizni ham jismoniy ham emotsional tarafdan orqaga tortadi.

Sizni har kuni yaxshiroq bo’lishga undaydigan odatlarni shakllantiring. Shunda siz shug’ullanadigan ishdagi muvaffaqiyat sizni ko’p kuttirmaydi.

7. Oldingizga har kun uchun maqsad qo’ying

“Men boy bo’lishni istayman" – biroz g’alati va erishib bo’lmas orzudek eshitiladi. Oldingizga aniq maqsad qo’ying: uch yildan keyin aniq bir miqdordagi mablag’ni ishlab topish. Keyin esa shu katta maqsadni kun davomida amalga oshirsa bo’ladigan kichik bo’laklarga bo’lib tashlang. Asta sekin siz istagan narsangizga erishasiz.

8. Vaqtingizni samarali taqsimlang

Bir kunda bor-yo’g’i 24 soat mavjud. Bu borada biz hammamiz tengmiz. Ammo, kimlardir bu vaqt ichida boshqalardan ko’ra ko’proq ishlarni bajarishga ulgurishadi.

Maqsadsiz va foydasiz sarflangan qimmatli daqiqalarni ortga qaytarishning imkoni yo’q.

Agarda siz bor bo’sh vaqtingizni televizor qarshisida o’tkazsangiz, siz boy bo’la olmaysiz. O’z kuningizni shunday taqsimlangki, u bekorga ketmasin.

9. Ishga vaqt va kuchingizni sarflang

Tirishqoqlik bilan qilingan mehnat – muvaffaqiyatning mustahkam bir garovidir. Maqsadga erishish uchun, har doim tirishqoqlik bilan mehnat qilish zarur.

10. Passiv daromad manbaini toping

Masalan: turar-joyni ijaraga berish yoki dividendlar.

Agar sizda bunga mablag’ bo’lmasa, keyinchalik reklama joylasa bo’ladigan blog yarating, onlayn kurs yoki interaktiv o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqing. Buning ko’plab usullari mavjad, shunchaki aynan sizga to’g’ri keladiganini topsangiz bas.

11. O’zingiz tushunadigan sohalarga investitsiya kiriting

Agar siz farmasevtika biznesi bilan shug’ullanib turib, qishloq xo’jaligiga sarmoya kiritsangiz - bu aqlsizlik deganidir. Sizning biznesingizga aloqasi bor sohani tanlang.

Agar siz ma’lum bir soha bilan tanish bo’lsangiz, uning omadli va omadsiz qadamlarini hisoblab chiqishingiz oson bo’ladi.

12. O’z biznesingizni oching

Sizga haqiqatda ham qiziq bo’lgan yo’nalishni tanlab, unga bor kuchingizni sarflang. Shuni unutmangki, hamma narsa ham birinchi urinishdayoq o’xshayvermaydi. Har bir muvaffaqiyatli tadbirkorda yuqoriga ko’tarilish va aksincha yiqilishlar ham bo’lgan.

Xatolaringizdan kelajakda kerak bo’lib qoladigan saboqlarni oling. Ruhingizni tushirmang va oldingizga qo’ygan maqsadlaringizdan voz kechmang.