Beshta yo‘nalishdan istalganini tanlash mumkinmi?


Ko‘pchilik abituriyentlar test natijalarida beshta yo‘nalishning barchasiga balli yetgan bo‘lsa, xohlaganini tanlasa bo‘ladi deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri.

Javob: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Beshta yo‘nalishdan istalganini tanlash mumkin emas.

Amaliy misol:

  • 1-yo‘nalish: Kompyuter injiniringi (grant)

  • 2-yo‘nalish: Axborot xavfsizligi (grant)

  • 3-yo‘nalish: Telekommunikatsiya (kontrakt)

  • Agar natijalar bo‘yicha 2-yo‘nalishga ham ballingiz yetgan bo‘lsa ham, 1-yo‘nalishga kirgan bo‘lsangiz, 2-yo‘nalishga o‘ta olmaysiz.

mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko‘k, sariq (kontrakt) rangda bo‘lsa va ballingiz yetgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.

Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo‘nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.