Bakalavriat yo‘nalishlarida test sinovlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga test sinovlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar. Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni o‘z ichiga oladi.

Majmualar quyidagi fanlar bo‘yicha shakllanadi:

  • Ona tili va adabiyoti
  • Rus tili va adabiyoti (rus guruhlarda)
  • Qoraqalpoq tili va adabiyoti (qoraqalpoq guruhlarda)
  • Matematika (informatika bilan) (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
  • Fizika (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
  • Kimyo (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
  • Biologiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
  • Tarix (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
  • Geografiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
  • Ingliz tili
  • Nemis tili
  • Fransuz tili

Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi. Abituriyent o‘qigan chet tilidan qat’iy nazar, xoхlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.