1760 yillarda millati yahudiy bo‘lgan germaniyalik yahudiylarning huquqini himoya qiluvchi nufuzli amaldor Mayer Amshel Rotshild bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi biznesga asos soladi.
Yillar o‘tib, Mayer Rotshildning biznesi 5 nafar o‘g‘li yordamida bir qancha Yevropa mamlakatlarida tarmoqlarga ega bo‘ladi. 1815 hamda 1914 yillarda Rotshildlar oilasi jahonning eng yirik bankini boshqarishgan. Mana, 2 asrki bu sulola nomi badavlatlik so‘ziga sinonimdir. 2005 yilda Forbes jurnali Rotshildlar sulolasini barcha davrning eng boy biznesmenlari 20 taligida 7 o‘ringa munosib ko‘rgan.
Mayer Rotshild tomonidan yaratilgan "Rotshildlar qoidasi" nomli qo‘llanma sharofati bilan sulola haligacha badavlat va hashamatli hayot kechirmoqda. Temza daryosining shimolida joylashgan "The City" deb nomlangan hudud inglizlar nazdida bu oila vakillari istiqomat qilayotgan alohida bir mamlakatdir. Hattoki Britaniya qirolichasi ham bu yerga kelishi uchun hukumat vakillari bilan hisoblashishi lozim. Quyida oilaning muvaffaqiyatiga xizmat qilgan qoidalarni diqqatingizga havola qilamiz.
1-qoida.
Biznesda muhim lavozimlarning barchasini oila a’zolari egallashi kerak (yollanma ishchilar emas); ishlarda faqat erkaklarning avlodlari qatnashishi, faqat erkak jinsidagi bevosita merosxo‘rlar meros olishi kerak.
Agar aka-ukalar bir ovozdan boshqa qarorga kelmasa, to‘ng‘ich o‘g‘il oila boshiga aylanadi.
2-qoida.
Oiladagi erkaklar to‘plangan boylik oila ichida qolishi va umumiy ishga yarashi uchun xolavachcha, amakivachcha, tog‘avachcha, ammavachchalariga uylanishi kerak.
Qizlar oqsuyaklarga turmushga chiqishi kerak. Mayer Amshel avlodlari tuzgan 58 ta nikohning teng yarmi xolavachcha, amakivachcha, tog‘avachcha, ammavachchalar o‘rtasida bo‘lgan.
3-qoida.
Har qanday vaziyatda ham oilaning mulkini tavsiflab bermaslik, davlat hajmini oshkor etmaslik kerak. Hattoki sudda va vasiyatnomada ham. Aka-ukalar o‘rtasidagi bahslar oila ichida, birdamlikni saqlagan holda hal etilishi kerak.
4-qoida.
Hech qachon haddan tashqari ko‘p daromad ortidan quvmaslik kerak va o‘z-o‘zini har qanday tasodiflardan himoya qilish kerak, har narsada me’yorni bilish va nishonni hech qachon ko‘zdan qochirmaslik kerak.
Mayer Amshel Rotshildning o‘g‘illari ushbu qoidaga rioya qilib, faqat chuqur o‘ylangan va ishonchli uzoq muddatli loyihalarga sarmoya kiritishga harakat qilgan.
Ammo ular Napoleonning Vaterlooo yaqinidagi jangda qozongan muvaffaqiyatlaridan qayg‘urib, o‘z aksiyalarini London birjasida shoshilinch sotgani bilan bog‘liq holat haqida ma’lum.
5-qoida.
Kamtarlik boylikka olib borishini hech qachon unutmang!
Rotshildlarning umumiy boyligi, ekspertlarning eng kamtarona baholariga ko‘ra, 3,2 trillion dollardan oshadi. Ammo aniq raqamni hech kim bilmaydi, chunki oila haligacha o‘z daromadlarini fosh etmaslikka urinadi.
6-qoida.
Bilimi bor dunyoni egallaydi!
Ushbu qoidani Mayer Rotshildning besh o‘g‘li amalda isbotlab berdi. Ular Yevropaning Frankfurt, London, Neapol, Vena hamda Parij kabi turli shaharlarida yashasalar-da, bu sulolaning muvaffaqiyatiga faqat ijobiy ta’sir o‘tkazdi.
Manba: erkak.uz