Joriy yilning 27 iyun kuni Webster universiteti vitse-prezidenti janob Piter Maxer TATUga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tashkil etilgan uchrashuv davomida har ikki Universitetlar o‘rtasida imzolangan Memorandum bandlarini bajarish maqsadida, Webster universitetining xalqaro ta’lim dasturi asosida TATUda fakultet tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Boshlang‘ich muzokaralar natijasida, “Axborot texnologiyalari (Informatika, Kiber xavfsizlik)", “Media kommunikatsiya (Televizion texnologiyalari)" yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatura dasturini o‘quv jarayoniga tadbiq etish yuzasidan kelishib olindi.
Amerikaning Missuri shtati Sent-Luis shahrida joylashgan Vebster universiteti 1915 yili xususiy oliygoh sifatida tashkil etilgan. Hozirda mazkur universitetning London, Leyden, Vena, Jeneva, Tailand va Shanxay shaharlarida bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Eslatib o`tamiz, Toshkent axbirot texnologiyalari universiteti Respublikamizda axborot va telekommunikatsion texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlashda yetakchi oliygoh bo`lib, 2017- 2018 o`quv yilida 1500 ta talabani qabul qiladi.