Aqlli kishilar hech qachon yo‘l qo‘ymaydigan 8 narsa


O‘z his-tuyg‘ularini tushunish va ularni boshqara olish – aqlli odamlargagina xos xislat. Ular kek saqlashmaydi, vaziyatni “ushlab turishmaydi" va yo‘llarida davom etishga shay. Bunday kishilarning baxt retsepti nafaqat ularning harakatida, balki ular tomonidan bajarilmaydigan ishlarda ham namoyon bo‘ladi.

Bunday odamlarning muvaffaqiyati nimaga bog‘liq ekanini tushunish mushkul. Ular chetlab o‘tadigan harakatlarni sezish va xulosalar chiqarish ancha oson.

1. Tejash imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi

Mablag‘larini boshqarish qobiliyati – aqlli kishilarga xos xislatlardan biri. E'tibor qaratish kerak bo‘lgan detallar talaygina.

Filtrli qo‘shimcha kranni o‘rnatish butilkalardagi tozalangan suvni xarid qilish zaruriyatidan xalos etadi. Yangi kartridj sotib olish o‘rniga uning bo‘yog‘ini yangilash – yana bir investitsiya.

Haqini to‘lab bo‘lingan narsalardan maksimal darajada foyda olishni bilish muhim.

2. O‘zgalarga tashlab qo‘yishmaydi

Hayotingizda suyanishingiz mumkin bo‘lgan insonlarning borligi yaxshi. Biroq doimiy ravishda atrofdagilarga suyanish sizni kuchsiz odamga aylantiradi. Aql va qobiliyatga egasiz. Biroq atrofdagilardan yordam kutib o‘tirsangiz, shaxsiy xislatlaringizni ishga sola olmaysiz.

Murakkab vazifani bajarish qo‘lingizdan kelmaydimi? Bu haqida yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Biror narsani noto‘g‘ri bajarishdan qo‘rqish, yomonroq qilish, qo‘ldan kelmaslik, bularning barining ortida muammolaringiz yechimi turibdi.

3. Ularga yoqmagan narsalarga rozilik bildirishmaydi

“Yo‘q" so‘zi – kuchli instrument. Undan foydalanishni bilish kerak. Agar zimmangizga yangi majburiyatlarni olishni rad etsangiz, o‘zingizda mavjud bo‘lganlarini yaxshiroq bajarishga muvaffaq bo‘lasiz. “Yo‘q" deyish ko‘nikmasi – sizning noto‘g‘ri tanlovdan sug‘urtangiz.

Qadringizni biling. O‘zingizga yoqmagan narsalarga rozilik bildirmang. Aks holda odamlar sizning rad etolmasligingizdan foydalana boshlaydilar.

4. Kek saqlamaslik

Yoqimsiz vaziyatdan keyin jahlning chiqishi va salbiy hislarni boshdan kechirish – normal holat. Biz zo‘riqishga aynan shunday reaksiya qilamiz. Biroq ancha vaqt o‘tgach, hali ham xafagarchilik holatini saqlayotgan bo‘lsangiz, bu faqat o‘zingizga zarar keltiradi. Salbiy hislarni to‘plash – doimiy zo‘riqish holatida bo‘lishni anglatadi. Aqlli kishilar esa buni chetlab o‘tishga harakat qilishadi. Salomatligingizga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

5. Omadga ishonishmaydi

“Yaxshisiga ishonish, yomoniga tayyor bo‘lish" – biror ishga ko‘p kuch va vaqt sarflanganida amal qilish kerak bo‘lgan ibora. Bari ssenariy bo‘yicha bo‘lishiga umid qilish kishida rag‘bat uyg‘otadi. Yomoniga tayyor turish esa mag‘lubiyat yuz berganida sizni hafsalaning pir bo‘lishidan xalos etadi. Biroq hech qanday harakatlarsiz taqdirdan biror nima kutish – dangasalikdir.

6. Kimgadir yoqmagani uchun o‘z g‘oyalaridan voz kechishmaydi

Har kim tanqid qilishi mumkin. U mahsulot yoki g‘oyangizning ideal bo‘lmagan jihatlarini tushunishda yordam beradi. Biroq kimningdir fikri sabab g‘oyadan voz kechish yaramaydi.

7. O‘tmish bilan yashamaydilar

Yutqazish – muvaffaqiyatning muhim tarkibiy qismi. Agar mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsangiz, demak biror kattaroq narsaga erishish uchun tavakkal qilgansiz. Yo‘lingizda davom eting va o‘tmish xatolariga “yopishib qolmang". Ha, albatta ularni yodda saqlash kerak. Biroq o‘tmishda yashaydigan bo‘lsangiz, u hozirgi zamonga aylanadi va sizni kelajakdan mahrum qiladi.

8. Kayfiyatini buzishlariga yo‘l qo‘yishmaydi

Hatto kichik yutuqlar uchun ham xursand bo‘lishni bilish kerak. Atrofdagilarning nuqtai-nazari sub'yektiv.

Ro‘yxatda o‘zingizga ma'lum biror jihatni uchratdingizmi?

Manba: kun.uz