Apellyatsiya arizasi qabul qilinganidan so‘ng qayerga borish kerak?


Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida maslahat markazlari tashkil etildi.

Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Toshkent shahriga kelishlari shart emas.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlar tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.

Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari: https://uzbmb.uz/page/representatives

Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).