So‘nggi vaqtlarda Bilimni baholash agentligiga Agentlik vakolatiga kirmaydigan ayrim masalalar yuzasidan murojaatlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli ushbu masalalar yuzasidan qaysi tashkilotlarga murojaat qilish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz:
- Bakalavriatga kirishdagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar — oliy ta’lim muassasalari;
- Magistratura mutaxassisliklariga qabul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;
- Klinik ordinaturaga qabul — Sog‘liqni saqlash vazirligi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari;
- Ikkinchi mutaxassislikka qabul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;
- Davlat OTMlari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;
- Islom bilim yurtlariga qabul — O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tegishli ta’lim muassasalari;
- O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.