Ahmad al-Farg‘oniy olimpiadasi yakunlandi, g‘olibga 22 million so‘m berildi


Joriy yilning 9 noyabr kuni Xorazm viloyatida umumta’lim maktablari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Ahmad al- Farg‘oniy nomidagi fizika fani olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi.

Fan olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni akademik litsey o‘quvchilari egallashdi.

Termiz davlat universiteti akademik litseyning 2-kurs talabasi Tursunov Azizbek faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Toshkent shahridagi Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning 2-kurs talabasi Boboshev Sardor 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Olimpiadaning g‘olib o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

– 1-o‘rin uchun o‘quvchiga – 22 300 000 so‘m, o‘qituvchiga - 18 955 000 so‘m;

– 2-o‘rin uchun o‘quvchiga – 18 955 000 so‘m, o‘qituvchiga - 14 495 000 so‘m;

– 3-o‘rin uchun o‘quvchiga - 15 610 000 so‘m, o‘qituvchiga – 11 150 000 so‘m.

Manba: xabar.uz