Fizika fanidan o‘rta ta’lim maktablarining 9–10–11–sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan yangi o‘quv qo‘llanmasi Qarshi DU qoshidagi Shaxrisabz akademik litseyi direktori fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Abduqaxxor Gadoyevich G‘aniyev tomonidan yaratildi. O‘quv qo‘llanmasi 3 ta qismdan tashkil topgan:
I-qism. Mexanika va molekulyar fizika.
II-qism. Elektromagnetizm.
III-qism. Optika. Atom va yadro fizikasi.
Qo‘llanmada umumta’lim maktablarining 6-7-8-9 sinflari darsliklaridan o‘rin olgan, аkademik litsey va kasb-hunar kollejlari, tashkil qilinayotgan 10,11-sinflar uchun “Fizika" fani o‘quv dasturlarida belgilangan va ushbu dasturlarga mos zamonaviy fizika yutuqlari haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlar bayon qilingan. Har bir mavzudan keyin:
- sinov savollari;
- o‘zbekcha-ruscha-inglizcha asosiy atamalar lug‘ati
- masalalar va ulalrning yechimlari;
- test savollari berilgan.
Lug‘atni to‘la o‘zlashtirgan o‘quvchi qo‘llanmadagi ma’lumotlarni rus va ingliz tillarida o‘qib o‘rganishi va fikrini bayon qila olishi mumkin.
Qo‘llanmada V. I. Lukashik, Ye. V. Ivanovalarning, “Сборник задач по физике" (“Fizikadan masalalar to’plami"), A. P. Rimkevichning “Физика-задачник 10-11" (“Fizikadan masalalar to’plami 10-11") kitoblaridagi masala va mashqlarning o‘zbek tilidagi yechimlari, shuningdek, inglizcha, ruscha va o‘zbekcha adabiyotlarda, jurnallarda keltirilgan besh yuzga yaqin qiziqarli savollar javoblari bilan, oxirgi besh yilda DTM sinov testlarida foydalanilgan testlar javoblari bilan, III qism oxirida 2017-yilda test sinovlarida foydalanilgan testlar tahliliy yechimlari bilan va so‘nggi sinovlar uchun o‘ttiz oltitalik testlar keltirilgan.
Kirish imtihonlariga mustaqil tayyorlanadigan abituriyentlarda ushbu qo‘llanmadan boshqa hech qanday adabiyotga ehtiyoj bo‘lmaydi!
Qo‘llanmani sotib olish bo‘yicha +998 90 615-90-09 va +998 97 772-92-26 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Qo‘llanma bo‘yicha barcha mulohazalarni fizika.1011@mail.ru elektron pochtaga yuborishingizni so‘raymiz. O‘quv qo‘llanmaning namunaviy mavzularini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
1. Dinamika. Jismlarning o‘zaro tasiri. Yuklab olish
2. Elektrodinamika asoslari. Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Yuklab olish
3. Optika. Yorug‘lik haqidagi ta’limotning rivojlanishi. Yuklab olish
Muallif haqida
Muallif fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Abduqaxxor Gadoyevich G‘aniyev. Qarshi DU qoshidagi Shaxrisabz akademik litseyi direktori.