2025-yilda Sirdaryo viloyatidan 20 153 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi. Ayollarning o‘rtacha bali 74.69, erkaklarniki esa 72.16
Tumanlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar
-
Eng yuqori natijalar – Shirin shahri (ayollar 90.28, erkaklar 81.18), Guliston tumani (ayollar 78.19, erkaklar 75.81).
-
O‘rtacha ko‘rsatkichlar – Boyovut (ayollar 76.16, erkaklar 73.01), Guliston shahri (ayollar 75.64, erkaklar 75.17).
-
Past ko‘rsatkichlar – Sardoba (ayollar 71.93, erkaklar 68.24), Sirdaryo tumani (ayollar 70.02, erkaklar 69.70)
Jinslar o‘rtasidagi tafovut
-
Shirin shahrida ayollar erkaklardan qariyb 10 ball yuqori natija ko‘rsatgan.
-
Ko‘pchilik hududlarda ayollar ustunlik qilgan, lekin Guliston shahrida gender tafovuti deyarli yo‘q.
Respublika bilan qiyos
Respublika o‘rtachasi: ayollar 77.19, erkaklar 73.81.
-
Sirdaryo ayollari respublikadan –2.5 ball past.
-
Erkaklari esa –1.6 ball past.
Sirdaryo viloyati natijalari respublika darajasidan pastroq. Shirin shahri abituriyentlari yetakchi, ammo Sardoba va Sirdaryo tumanlari ko‘rsatkichlarni pasaytirgan. Gender tafovuti ayollar foydasiga.