2025 yildan boshlab yana bir oliy taʼlim muassasasida talabalarni yurispudensiya yo‘nalishida qabul qilishni boshlaydi


2025-yildan boshlab Cyber University bakalavriat bosqichida talabalarni yurispudensiya yo‘nalishida qabul qilishni boshlaydi.

Universitet quyidagi 2 ta zamonaviy yo‘nalishni taklif qiladi:

  • Yurispudensiya: Kiber huquq

  • Yurispudensiya: Raqamli kriminalistika

Kiber huquq yo‘nalishida talaba axborot texnologiyalari bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, kiberjinoyatlarning oldini olish va huquqiy javobgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda xalqaro kiberqonunchilik bo‘yicha kompleks bilimlarni o‘zlashtiradi.

Bu yo‘nalish axborot texnologiyalariga qiziqqan va ularni huquqiy jihatdan tartibga solishga intilgan yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Bitiruvchilar kiberhuquqshunos, ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yurist yoki IT sohasi uchun yuridik maslahatchi sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

Raqamli kriminalistika yo‘nalishida talaba raqamli qurilmalar va axborot tizimlari orqali jinoyat izlarini aniqlash, tahlil qilish va ularni sud-tergov jarayonlarida dalil sifatida qo‘llash bo‘yicha nazariy hamda amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi.

Mazkur yo‘nalish jinoyatchilikni zamonaviy texnologiyalar asosida fosh etishga qiziqqan va kriminalistik sohada ishlashni istagan abituriyentlarga mo‘ljallangan.

Bitiruvchilar digital forensik ekspert, kiberkriminalist yoki raqamli dalillar bilan ishlovchi sud ekspertiza mutaxassisi bo‘lib ishlashi mumkin.

Cyber University axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Ushbu universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori bilan tashkil etilgan.

Ushbu yo‘nalish uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:

MAJBURIY FANLAR bloki:

1. Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq)

Savollar soni: 10 ta;

Baholash mezoni: 1.1 ball;

Maksimal ball: 11 ball;

2. Matematika

Savollar soni: 10 ta;

Baholash mezoni: 1.1 ball; Maksimal ball: 11 ball;

3. O‘zbekiston tarixi*

Savollar soni: 10 ta;

Baholash mezoni: 1.1 ball;

Maksimal ball: 11 ball;

* Majburiy blokning ushbu fanida faqat O‘zbekiston tarixi bo‘yicha savollar beriladi.

MAJBURIY FANLAR blokida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimall ball: 11+11+11= 33 ball

TA’LIM YO‘NALISHIGA MOS BO‘LGAN MUTAXASSISLIK FANLARI - 2 TA FAN:

1. Huquqshunoslik fanlari

Savollar soni: 30 ta;

Baholash mezoni: 3.1 ball;

Maksimal ball: 93 ball;

2. Chet tili

Savollar soni: 30 ta;

Baholash mezoni: 2.1 ball;

Maksimal ball: 63 ball;

Ushbu ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan fanlardan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimall ball: 93+63=156 ball

Ushbu taʼlim yo‘nalishida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.