2024-2025-o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar - Sirdaryo viloyati


Bilimni baholash agentligi tomonidan 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

  • Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
  • Hududga kirish joylari;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
  • Bino raqami;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
  • Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

  • Nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi
  • Manzil: Guliston shahri 4-mavze “Buyuk kelajak” massivi
  • 1-bino: “A” sektor 1-20 guruhlar
  • 2-bino: “B” sektor 21-40 guruhlar
  • Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78

"Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).