2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislikka biriktirilgan) yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat qilingan hujjatlar hajmi yoki yuki to‘liq yuklanmagani, yuklangan hujjatlar hujjatga mos kelmasligi kabi sabablar bilan rad etilgan.
Shuni inobatga olib, my.edu.uz tizimidan magistraturaga o‘qishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud bo‘lganligi sababli rad etilgan talabgorlar 11–12-avgust kunlari arizalarini qayta tahrirlash imkoniyatiga ega.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Muhim eslatma: xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, chunki bunday qayta tahrirlangan arizalar esa ko‘rib chiqilmaydi.