11 yanvardan universitet, texnikum, kollej va litseylarda o‘qish boshlanadi. Yanvar oyi boshida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirilgandi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda o‘quv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.
Ta’lim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-o‘quvchilarni xabardor qilish, ularning OTM joylashgan hududga yetib kelishini ta’minlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladi.
O‘quv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tug‘ilganda o‘quv grafigiga o‘zgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Ob-havo sharoitlari tufayli o‘qishga kelolmagan talabalarga tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 18 yanvargacha uzaytirilgani haqida xabar bergandi.