Abituriyentlar uchun qabul davom etmoqda


Ijtimoiy, tabiiy va aniq fanlardan abituriyentlar uchun maxsus 7 oylik chuqurlashtirilgan o’quv kurslarida o‘qishga taklif etamiz. 2018-2019- o’quv yili kirish imtihonlarida 85 foiz o‘quvchilarimiz oliy o’quv yurti talabasi bo‘lish baxtiga erishdi! 

“ABDULAZIZ EDUCATION" chet tilini o’rganuvchilar uchun hamda abituriyentlarni oliy o’quv yurtlari kirish imtihonlariga tayyorlash maqsadida tashkil qilingan nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.

“Abdulaziz Education" o’quv markazida o’zbek va rus tillarida:

- ijtimoiy (tarix,ona tili va adabiyot,ingliz tili);

- tabiiy (biologiya,kimyo,ona tili va adabiyot);

- aniq (matematika, fizika,ona tili va adabiyot); 

fanlardan abituriyentlar uchun maxsus 7 oylik chuqurlashtirilgan o’quv kurslari tashkil etilgan. Markaz tashkil qilinganiga ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsa ham, natijalar faxrlanishga arziydi. 2017-2018-o’quv yili kirish imtihonlarida bizning o’quvchilarimiz yuqori natijalarni qayd etishdi.

2018-2019- o’quv yili kirish imtihonlarida oliy o’quv yurti talabasi baxtiga erishgan o’quvchilarimiz 85 foizni tashkil qilmoqda. 


Markazda o’quvchilar hamda abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, darsdan bo’sh vaqtlarida kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.O’quv xonalari ta’limning eng zamonaviy texnika va jihozlari bilan ta’minlangan.

Abituriyentlar uchun o’quv mashg’ulotlari respublikada hozircha yangilik bo’lgan maxsus dastur asosida olib boriladi. Bu esa, ta’lim olishning 100 foizlik sifat darajasini kafolatlaydi.Darslar har bir fan bo’yicha haftada 8 soatdan o’tiladi. Dars jarayoni qat’iy belgilangan jadval hamda kuchli nazorat ostida olib boriladi. Guruhda o’quvchilar soni 12 nafardan oshmaydi. 

Biz ta’lim sifati hamda o’qituvchilar bilim darajasi va dars o’tish uslubiga 100 foiz kafolat beramiz!

To’lov biryo’la amalga oshirilganda:

1 ta fan — 2,000,000

2 ta fan — 4,000,000

3 ta fan — 6,000,000

To’lov ikkiga bo’lib amalga oshirilganda:

1 ta fan — 2,500,000

2 ta fan — 5,000,000

3 ta fan — 7,000,000

To’lov oyma-oy amalga oshirilganda:

3 ta fan — 1,200,000

Mashg’ulotlar 2019-yil 29-iyulgacha davom etadi.

☎️ +998 (95) 142-23-80 

☎️ +998 (97) 343-23-80

Telegram: @abdulazizedu

Sayt: abdulazizedu.uz