Yoshlar ijod saroyida “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda


“Ta’lim va mutaxassislik" xalqaro ko‘rgazmasi mamlakatimizdagi hamda dunyodagi etakchi ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari bilan yoshlarni tanishtirish, kasb tanlashga ko‘maklashish, hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni targ‘ib qilish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida yoshlarga ma’lumotlar berish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida bir necha yillardan buyon tashkil etib kelinmoqda.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuring va yoshlarga taklif etilayotgan:

  • xorijda ta'lim olish
  • tayyorlov va qayta tayyorlov kurslari
  • til kurslari
  • kasb-hunar o‘rgatish kurslari 
  • bo‘sh ish o‘rinlari

kabilar bilan tanishib o‘quv markazlari hamda konsalting firmalari bilan bevosita muloqot qilishingiz mumkin.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari, xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, o‘quv kurslari hamda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar ishtirok etadilar.

"Ta’lim va mutaxassislik" xalqaro ko‘rgazmasida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda Malayziya, AQSh, Xitoy, Ukraina, Rossiya, Angliya, Germaniya, Shveytsariya, Turkiya kabi davlatlarning o‘quv yurtlari ishtirok etmoqdalar.