Prezident qarori: Toshkent davlat agrar universiteti yanada takomillashtiriladi


2019 yil 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash, «aqlli qishloq xo‘jaligi» (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash va boshqalar ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi.

Qarorga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab universitetda:

— O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’limning kredit tizimini bosqichma-bosqich joriy etiladi;

— universitetning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalar uchun ta’limning alohida dasturlari asosida o‘qitiladigan maxsus guruhlar tashkil etiladi;

— xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida sinovdan o‘tgan tajribalarni o‘rgangan holda universitetda rahbar kadrlar hamda professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligining baholash tizimi joriy etiladi.

Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning mavsumiyligini inobatga olib, dissertatsiyalarda ikki yillik ilmiy-amaliy dala tajribasi natijalarining qamrab olinishini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasidagi magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayonini yanvar oyidan boshlanadi.

Bunda ta’limning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi.

Manba: xabar.uz