35 ta universitetga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilmoqda


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

  • ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan olimlardan iborat bo‘lishi sharti bekor qilinmoqda;
  • faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash Vazirlar Mahkamasi vakolatidan chiqarilmoqda;
  • 5 xil toifadagi shaxslarning ta’lim tashkilotlarida pedagog (professor-o‘qituvchi) sifatida faoliyat olib borishi taqiqlanmoqda.

Shu va yana bir qator yangiliklar jamlangan hujjat loyihasi muhokamalarida faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz sayti orqali qoldiring.