2021-yilda kirish imtihonlari nechta fandan bo‘lishi hali tasdiqlanmagan


“Toshkent besh tashabbus harakati" doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun beshta fandan test sinovlari bo‘lishi haqidagi masalaga to‘xtalib o‘tdi.

“Hozircha bu yilgi test sinovlarida nechta fandan imtihon bo‘lishi masalasi to‘liq hal bo‘lgani yo‘q. Bu masalani hal qiladigan respublikaning maxsus komissiyasi bor. Ushbu komissiya a’zosi sifatida sizga aytishim mumkinki, 5ta fandan test bo‘lishi masalasi hech qayerda tasdiqlangani yo‘q. Ko‘rdingiz, pandemiya sabab o‘tgan yili 2ta fandan imtihonlar o‘tkazildi. Karantin to‘liq chekinmagan holatda ikkita fandan topshirib, keyingi yilda birdaniga beshta fandan bo‘lishi ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu masala ko‘rib chiqilmoqda va tez orada aniq bir to‘xtamga kelinadi", — dedi Musayev.