Vengriya o‘zbek talabalariga qo‘shimcha stipendiya ajratadi


Vengriya o‘zbekistonlik talabalarning mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratadi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri aytgan.

Kecha, 4 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Vengriya Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashgan.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibi hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari, oliy darajadagi muloqotni davom ettirish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini joriy yilda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuvda Vengriya tomoni mintaqada barqarorlikni mustahkamlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan.

Shuningdek, BMT, Yevropa Ittifoqi, YeXHT va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.