Shavkat Mirziyoyev: «Talabaligimda ikkita joyda ishlaganman»


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev talabalik vaqtida ikkita joyda ishlaganini aytdi. Prezident bu haqda gapirgan video «O‘zbekiston 24» telekanalidagi «Menimcha» teleloyihasida ko‘rsatildi.

«Talabalik vaqtimda ikkita joyda ishlaganman. Bizda harbiy kafedra va nasoslarni regulirovka qilish bo‘yicha DVS kafedrasi bo‘lardi. Hozirgacha esimda, ikkita joyda yaxshi oylik olardim: bitta kafedrada 56 so‘m, ikkinchisida 42 so‘m. Ishlardik-ku, nega hozir ishlashmaydi?», degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident universitet rektorlari intellekti baland, o‘qituvchilardan ham bilimi kuchliroq odam bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.