Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston — qaysi davlat diplomi O‘zbekistonda kam tan olingan?


Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston OTMlari bitiruvchilarining diplomlari nostrifikatsiyasi natijalari tahlil qilindi. Va’zirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi Feruza Madrahimova tomonidan xabar qilishicha, nostrifikatsiya darajasi yuqori va past ko‘rsatkichli oliy ta’lim muassasalari aniqlangan.

QIRG‘IZISTON misolida tahlillar. Bu mamlakatda 64 ta OTM va ularning filiallari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 25 tasi davlat va 39 tasi nodavlat OTMlar hisoblanadi. Qirg‘izistonda 18 000 (kunduzgi - 42%, sirtqi – 58%) nafarga yaqin o‘zbek yoshlari tahsil olmoqda.

Diplom nostrifikatsiyasi ko‘rsatkichi yuqori OTMlar:

Qirg‘iziston milliy universiteti,
O‘sh davlat universiteti,
Qirg‘iziston davlat universiteti,
Qirg‘iziston milliy agrar universiteti,
Qirg‘iziston davlat texnika universiteti,
Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi,
Qirg‘iziston milliy konservatoriyasi,
Qirg‘iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi,
O‘sh texnologiya universiteti.

Diplom nostrifikatsiyasi ko‘rsatkichi past OTMlar:

Markaziy Osiyo xalqaro universiteti,
Qirg‘iz-O‘zbek universiteti,
Xalqaro tibbiyot oliy maktabi,
Batken davlat universitetining Qizil-Qiya gumanitar-pedagogika universiteti,
O‘sh gumanitar-pedagogika instituti,
Jalolobod davlat universiteti,
O‘sh davlat yuridik instituti,
Mayluu-Suu iqtisodiyot va boshqaruv instituti.

QOZOG‘ISTON misolida tahlillar. Bu mamlakatada 27 000 (kunduzgi - 30%, sirtqi – 70%) nafarga yaqin o‘zbek yoshlari tahsil olmoqda. Bugungi kunda Qozog‘istonda 145 ta OTM va ularning filiallari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 10 ta milliy universitet, 35 ta davlat OTMlari, 15 ta aksionerlik OTMlari, 13 ta harbiylashgan OTMlari va 72 ta xususiy OTMlari hisoblanadi.

Xalqaro tan olingan tashkilotlarning 1000 talik OTMlar reytingiga Qozog‘istondagi 8ta OTM kirgan:

Qozog‘iston milliy universiteti,
Yevroosiyo milliy universiteti,
Qozog‘iston milliy texnika universiteti,
Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti,
Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti,
Karaganda davlat universiteti,
Qozog‘iston Britaniya texnika universiteti,
Qozog‘iston xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti.

Diplom nostrifikatsiyasi ko‘rsatkichi past OTMlar:

Janubiy Qozog‘iston davlat farmatsevtika akademiyasi,
Qozog‘iston muhandislik-pedagogika xalqlar do‘stligi universiteti,
Jambul gumanitar-texnika universiteti,
Xalqaro yuridik instituti,
Shimkent universiteti,
Sirdarya universiteti,
Taraz davlat universiteti.

TOJIKISTON misolida tahlillar. Bu mamlakatda 38 ta OTM va ularning filiallari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 2 ta milliy universitet, 23 ta davlat OTMlari, 4 ta universitet filiallari, 4 ta harbiylashgan oliy ta’lim muassasalari va 3 ta xorijiy davlatlarning universitetlari filiallari hisoblanadi. Tojikistonda 10 000 (kunduzgi - 30%, sirtqi – 70%) nafarga yaqin o‘zbek yoshlari tahsil olmoqda.

Diplom nostrifikatsiyasi ko‘rsatkichi yuqori OTMlar:

Tojikiston milliy universiteti,
Ichki ishlar vazirligi oliy maktabi,
Tojikiston davlat agrar universiteti,
Tojikiston milliy konservatoriyasi,
Tojikiston davlat tibbiyot universiteti,
Tojikiston davlat texnika universiteti.

Diplom nostrifikatsiyasi ko‘rsatkichi past OTMlar:

Tojikiston ochiq universiteti,
Xo‘jand davlat universiteti,
Tojikiston davlat pedagogika universiteti,
Tojikiston tadbirkorlik va servis instituti,
Tojikiston soliq va huquq instituti,
Tojikiston davlat tillar instituti,
Qo‘rg‘ontepa davlat universiteti,
Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti.